O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirishga qaratilgan keng ko`lamli ishlar va yaratilayotgan sharoitlar tufayli sportchilarimiz tomonidan ulkan yutuqlar qo`lga kiritilmoqda.
Xususan, joriy yilning 6-22 sentyabr kunlari Rossiya Federasiyasining Ekaterinburg shahrida dunyoning 80 ga yaqin mamlakatlari o`rtasida boks bo`yicha bo`lib o`tgan jahon chempionatida milliy terma jamoamiz vakillari yuksak azmu shijoat va mahorat namunasini ko`rsatib, birinchi o`rinni egallaganligi hamda Vatanimizning xalqaro miqyosdagi shon-shuhratini tarannum etishga katta hissa qo`shganligi, yurtimizda sportni keng ommalashtirish, sog`lom va barkamol avlodni voyaga etkazish, yoshlar ongida milliy g`urur, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg`ularini kuchaytirish borasidagi munosib xizmatlari uchun quyidagilar faxriy unvon va medallar bilan mukofotlansin:
«O`zbekiston iftixori»
Jalolov Bahodir Isomiddin o`g`li - Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi
Mirzaxalilov Mirazizbek Mirzakarim o`g`li - Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi
«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sport ustozi»
Kurbanov Marat Galievich - Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi
Qilichev To`lkin Maxmurovich - Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks bo`yicha murabbiyi
Erkaev Baxodir Turgunovich - Farg`ona viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar va o`smirlar sport maktabining boks bo`yicha murabbiyi
«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sportchi»
Zoirov Shaxobidin Shokirovich - Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
Baturov Bobo-Usmon Shamsutdin o`g`li - Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi
Ro`zmetov Dilshodbek Yusupbay o`g`li - Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi
«Shuhrat» medali bilan
Axmedov Burxon Baxramovich - Paxtakor tumanidagi bolalar va o`smirlar sport maktabining boks bo`yicha murabbiyi, Jizzax viloyati
Qilichev Farruh Komilovich - Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks bo`yicha bosh murabbiyi, Toshkent viloyati
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev






