AsosiyDunyo

Sobiq hokimning uyidan 13 tonnadan ziyod tilla chiqdi

'Sobiq hokimning uyidan 13 tonnadan ziyod tilla chiqdi'ning rasmi

Xitoy huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan Danchjou shahri sobiq meri Chjan Sining uyi tintuv qilindi. Natijada xonadon erto`lasidan 13,5 tonna quyma oltinlar topildi.

Moddiy boyliklar zamonaviy xavfsizlik tizimi yordamida qo`riqlanayotgan ekan.

Xaynan turistik provinsiyasidagi 500 ming aholiga ega shaharning sobiq hokimi bir vaqtning o`zimda kommunistik partiya kotibi bo`lib ham ishlagan. Uning uyidan tillalardan tashqari 268 mlrd. yuan(37 mlrd. dollar) ham topilgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari shahar miqyosidagi rahbar shuncha yil davomida qanday qilib shunday katta boylik va bir necha ming kvadrat metr maydonga ega qimmatbaho ko`chmas mulkni saqlab kelganiga aniqlik kirityapti.

XXRda korrupsiya jinoyati uchun og`ir qamoq yoki o`lim jazosi tayinlanadi.

Ushbu davlatning hozirgi rahbari Si Szinpin o`z lavozimiga tayinlanganidan boshlab hokimiyatning barcha darajasidagi korrupsionerlarga qarshi “nol bag`rikenglik” siyosatini qo`llab kelmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kampaniya nafaqat oddiy davlat xizmatchilari, balki yuqori lavozimdagi davlat mansabdorlari va kompaniyalar raislariga ham qaratilgan. Masalan, 2016 yilda jamoatchilik xavfsizligi vaziri sobiq o`rinbosari Li Dongshen mol-mulkining to`liq musodara etilishi bilan bir qatorda 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Bir yil oldin esa China National Petroleum Corporation yirik neft kompaniyasi raisi Chjou Yunkan 20 yilga qamalgan.

    Boshqa yangiliklar