AsosiyDunyo

Rossiyada istalgan qiyofaga kira oladigan robotlar sotilmoqda

'Rossiyada istalgan qiyofaga kira oladigan robotlar sotilmoqda'ning rasmi

Rossiya va Sharqiy Evropadagi robot ishlab chiqaruvchi eng yirik Promobot kompaniyasi insonlarga o`xshaydigan Robo-C qurilmalari sotuvini boshladi, deb xabar beradi The Bell.

Robot istalgan kishining qiyofasiga kirishi mumkin. Buyurtmachilar ishlanmani insonlarga yaqin kishisining o`rnini bosa olish imkoni berishiga ishonmoqda.

Robot ilk marta aprel oyida Skolkovo Robotics forumida namoyish etilgan. O`shanda kompaniya yangi model uchun oldindan buyurtma qabul qila boshlagan edi. 27 sentyabrdan esa ushbu robotlar keng savdoga chiqarildi.

Kompaniya saytida «robot butunlay antropomorfik mashina» deb aytiladi: u ko`zi, qoshi, labi va yuzining «mushaklarini» harakatga keltirishi mumkin (robot inson mikromimikasining 600 variantlarini takrorlay oladi), shuningdek, suhbatni davom ettiradi va savollarga javob beradi.

Robot sun`iy teri yaratish texnologiyasi tufayli haqiqiy insondek ko`rinadi. Kompaniya robotdan maslahatchi (masalan, qabulxonada yoki do`konda), ma`mur (u biznes muzokaralarini yozishi mumkin), uy yordamchisi (Android suhbatdoshi bo`lishi va «aqlli uy» tizimi bilan ishlashi mumkin) sifatida foydalanishni tavsiya qiladi.

Robotning narxi 1,2 million rubldan 3 million rublgacha deb baholanmoqda.

Kompaniya robotlarning ikki variantini taqdim etmoqda: Bu buyurtmachi xohishiga ko`ra individual yuzga ega robot (bunday robotlar uch oy davomida tayyorlanadi) yoki kompaniya taklif etayotgan shablon bo`yicha yasaladigan robotlar (bunday variantni yaratish uchun ikki oy vaqt talab qilinadi).

Shuningdek, robotning tana tuzilishining bir necha variantlari mavjud. Birinchi holda robot faqat bosh va bo`yindan iborat bo`lishi mumkin.

Ikkinchi holda esa robotlashtirilgan kalla bo`yindan pastki qismga ham ega bo`lishi mumkin. Bunday holda robotning tanasi biron narsaga o`rnatilishi mumkin. Masalan, robot xuddi stulda o`tirgandek ishlanadi. Qayd etilishicha, ikkala holatda ham robotning faqat boshi harakatlanadi.

    Boshqa yangiliklar