Xitoyda dunyodagi eng katta Dasin xalqaro aeroportining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.
Mazkur aeroport qurilishiga umumiy miqdorda salkam 12 milliard AQSh dollari miqdorida investisiya jalb etildi. Bu Xitoy fuqaro aviasiyasi tarixidagi eng qimmat loyihadir. Dasin Pekin markaziy qismidan 46 km janubda joylashgan. Aeroport 2021 yilga kelib yiliga 45 mln, 2025 yilda esa 72 mln, 2040 yilga kelib esa 100 mln yo`lovchiga xizmat ko`rsatishi kutilmoqda. To`rtta uchish-qo`nish yo`lagiga ega aeroport qurilishiga besh yilga yaqin vaqt sarflandi.






