AsosiyDunyo

Alp muzliklari erib ketish arafasida (Video)

'Alp muzliklari erib ketish arafasida (Video)'ning rasmi

Olimlar asr oxiriga kelib Alp muzliklarining 90 foizi erib bitishi haqida ogohlantirishmoqda. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Italiyaning Monblan massividagi qoyalardan 250 ming kub metr muz sutkasiga 50-60 santimetr tezlik bilan siljimoqda. Ushbu muz uyumi pastda joylashgan Ferr vodiysiga tushadi. Bu hududda aholi punktlari yo`q bo`lgani bois u qadar katta xavf hozircha mavjud emas. Biroq har ehtimolga qarshi vodiyda joylashgan Kurmayoratog`-chang`i kurortida evakuasiya ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, tog`ning Fransiya va Shveysariyaga tegishli hududlarida ham xavfsizlik choralari ko`rilmoqda. Ekspertlar iqlim o`zgarishlari jarayoni Alp muzliklari erishining tezlashishiga sabab bo`layotganini ta`kidlashmoqda.


Boshqa yangiliklar