AsosiyJamiyat

Toshkentda Parij Xalqaro moda akademiyasi bilan hamkorlikdagi qo`shma fakultet ochildi

'Toshkentda Parij Xalqaro moda akademiyasi bilan hamkorlikdagi qo`shma fakultet ochildi'ning rasmi

26 sentyabr kuni Toshkent to`qimachilik va engil sanoat institutida Parij Xalqaro moda akademiyasi bilan hamkorlikdagi qo`shma fakultet tantanali ravishda ochildi.

Tadbirda Parij Xalqaro moda akademiyasining prezidenti janob Jan-Filip Vukler, akademiya direktori Karina Andres xonim, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining birinchi o`rinbosari Qo`ng`irot Sharipov, institut jamoasi va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Jahonga mashhur Parij Xalqaro moda akademiyasi bilan hamkorlikdagi qo`shma fakultetga 50 nafar talaba qabul qilindi. O`quv jarayoni xalqaro ilg`or tajribalar asosida hamkorlar tomonidan ishlab chiqilgan o`quv dasturlari bo`yicha o`zbek va fransuz professor-o`qituvchilari tomonidan olib boriladi.

Mazkur xalqaro qo`shma fakultetda talabalar to`rt yil tahsil oladi, o`quv jarayonlari va amaliyotning bir qismi Fransiyada bo`lib o`tishi ko`zda tutilgan. Bitiruvchilarga Parij Xalqaro moda akademiyasi hamda Toshkent to`qimachilik va engil sanoat institutining diplomlari beriladi.


    Boshqa yangiliklar