AsosiyDunyo

Pokistonda kuchli zilzila ro`y berishi oqibatida yuzlab kishilar jarohatlandi (Video)

'Pokistonda kuchli zilzila ro`y berishi oqibatida yuzlab kishilar jarohatlandi (Video)'ning rasmi

Ma`lumotlarga ko`ra, er osti silkinishlari mamlakat shimoli-sharqiy mintaqalarida ro`y bergan. Bu haqda Mir24 telekanali xabar bergan.

Zilzila kuchi Rexter shkalasi bo`yicha salkam 6 ballni tashkil etgan. Tabiiy ofat natijasida 22 kishi halok bo`lgan, 700 nafarga yaqin kishi esa tan jarohati olgan. Kashmir hududining Pokistonga tegishli hududida joylashgan Jatlan shahri va Mirpur mintaqasidagi ko`plab aholi punktlaridagi uy-joylar vayron bo`lgan.

Avtomobil yo`llarida esa yoriqlar paydo bo`lgan. Silkinish kuchi butun mamlakat hududi bo`ylab sezilgan. Kashmir hududida katta talofatlar kelib chiqqan. Mintaqa aholisiga yordam berish uchun shifokorlar va harbiylar jo`natilgan. Eslatib o`tamiz, 2005 yilda ro`y bergan 7.6 ballga teng zilzila Kashmirda minglab insonlar umriga zomin bo`lgan edi.


Boshqa yangiliklar