AsosiyJinoyat

75,5 million so`mlik rangli metallning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

'75,5    million so`mlik rangli metallning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi 'ning rasmi

Bojxona organlari tomonidan rangli metallarning noqonuniy aylanmasiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida kuzatuvga olingan fuqaro B.B. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtotransport vositasi to`xtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, avtomashina yukxonasidagi paxta yog`lari orasiga qiymati 18,1 million so`mlik 1003 kilogramm rangli metall parchalari yashirilganligi aniqlandi.

Shuningdek, yana bir holatda fuqaro X.N. boshqaruvidagi yana bir “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi to`xtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi.

Tekshiruv jarayonida avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari bo`lmagan, don mahsulotlari orasiga yashirilgan umumiy qiymati 57,3 million so`mlik 3160 kilogramm og`irlikdagi rangli metallar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar