AsosiyJinoyat

Kiyimlar orasiga yashirilgan yarim kilogramm tilla taqinchoqlar fosh bo`ldi

'Kiyimlar orasiga yashirilgan yarim kilogramm tilla taqinchoqlar fosh bo`ldi'ning rasmi

Zargarlik buyumlarini yashirin yo`llar bilan olib o`tishga bo`lgan urinishlar bojxona organlari xodimlari tomonidan o`z vaqtida bartaraf qilinmoqda.

Jumladan, joriy yilning 24 sentyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportiga xorijiy reys bilan uchib kelgan fuqaro M.M.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, ushbu shaxs egnidagi kiyimlari va yuklari orasiga jismoniy shaxslar uchun belgilangan olib kirish me`yoridan ortiq bo`lgan umumiy qiymati 160 million so`mlik 492,5 gramm qimmatbaho metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirishga uringanligi aniqlangan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar