Majburiy ijro byurosi Bekobod tuman bo`limi xodimlari tomonidantuman hududida o`tkazilgan xatlovda, tumanda joylashgan to`yxonada tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelinayotgani, ya`ni Bekobod tumanlararo gaz ta`minoti uchastkasi bilan hech qanday shartnoma tuzmasdan o`zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog`iga ulanib olganligi aniqlangan va ushbu holat yuzasidan korxona rahbariM.Mamatqulovga nisbatan tabiiy gazdan foydalanish qoidalari buzilganligi haqidagi dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Bekobod tumanlararo gaz ta`minoti uchastkasi mutaxassislari tomonidan hududiy filialining hisob-kitob xulosasiga ko`ra huquqbuzarlik natijasida jami 78.1 mln so`m zarar etkazilgan. Shuningdek, fuqaro M.Mamatqulov umumiy foydalanishdagi gaz tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulanib foydalanib kelganligi natijasida ta`minot korxonasiga ko`p miqdorda zarar etkazilganlikda ifodalangan xatti-harakatlari,qonunda nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjudligi sababli jamiyat rahbariga O`zbekiston Respublikasi JKning 1852-moddasi 6-qismi mazmun mohiyati bayonnoma asosida tushuntirilgan bo`lsa-da, etkazilgan zarar M.T.Mamatqulov tomonidan o`ttiz kunlik muddat ichida qoplab berilmagan.
Mazkur xolat yuzasidan, 2019 yilning 13 sentyabr kuni MIB Bekobod tuman bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 1852-moddasi 3-qismi bilanjinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






