AsosiyJinoyat

Toshkentdagi masjidida o`g`rilik sodir etildi

'Toshkentdagi  masjidida o`g`rilik sodir etildi'ning rasmi

Toshkentdagi «Cho`pon ota» masjidida 16 sentyabr kuni 21 yoshli Husniddin K. 18 yoshli Jamshed R.ning namozga kirganligidan foydalanib, uning ichida shaxsiy buyumlari va 894 ming so`m puli bo`lgan portfelini o`g`irlab ketgan.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, Husniddin voqea joyidan yashiringaniga qaramay, tez orada huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qo`lga olingan.

Qayd etishlaricha, Husniddinga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar