AsosiyIqtisodiyot

“Qishloq qurilish bank” 18460 nafar oilaga mikrokredit ajratdi

'“Qishloq qurilish bank” 18460 nafar oilaga mikrokredit ajratdi'ning rasmi

2019 yil 18-sentyabr kuni “Har bir oila - tadbirkor” dasturi doirasida ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan oilaviy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o`tkazildi.Unda ommaviy axborot vositalari vakillariga bank faoliyatida bu yo`nalishda erishilayotgan natijalar bo`yicha ma`lumotlar berildi.

O`tgan davrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori ijrosini ta`minlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida, bank markaziy idorasida Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maxsus boshqarmasi va bank filiallarida Tadbirkorlikni rivojlantirish maxsus bo`limlari tashkil qilindi.

Mazkur Qaror ijrosini ta`minlash va “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish maqsadida ATB “Qishloq qurilish bank”ga 291,4 mlrd. so`m kreditlar ajratish belgilangan.

Bank tomonidan 2019 yil 18 sentyabr holatiga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to`g`risida”gi qarori bo`yicha 101,5 mlrd. so`m hamda “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori bo`yicha 265,0 mlrd.so`m -jami 366,5 mlrd.so`m resurs mablag`lari olinib, to`liq o`zlashtirildi.18460 nafar oilaga ajratilgan mikrokreditlar tadbirkorlikning quyidagi sohalariga yo`naltirildi:

Naslli qoramol sotib olish uchun 4 513 ta oilaga 99,4 mlrd.so`m;

qo`ychilik uchun 1715 ta oilaga 32,1 mlrd.so`m;

quyonchilik uchun 200 ta oilaga 4,5 mlrd.so`m;

asalarichilik uchun 694 ta oilaga 16,7 mlrd.so`m;

parrandachilik uchun1323 ta oilaga 25,2 mlrd. so`m;

baliqchilik uchun 118 ta oilaga 3,9 mlrd.so`m;

issiqxona tashkil qilish uchun 2153 ta oilaga 48,3 mlrd. so`m;

tikuvchilik uchun 3208 ta oilaga 48,1 mlrd. so`m;

hunarmandchilik uchun 216 ta oilaga 6,0 mlrd.so`m;

qandolatchilik uchun 2710 ta oilaga 21,7 mlrd. so`m;

boshqa tadbirkorlik faoliyatlari uchun 1439 ta oilaga 56,5 mlrd. so`m mikrokreditlar ajratildi.

Matbuot anjumanida ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida belgilanayotgan navbatdagi vazifalar hamda bank faoliyatining kelgusidagi asosiy yo`nalishlari bo`yicha ma`lumotlar berildi va jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Bank axborot xizmat

    Boshqa yangiliklar