2019 yilning 16 sentyabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani “O`zbekiston” MFY, Xo`jayli 1-berk ko`chasida joylashgan 1-uyda yong`in sodir bo`ldi.
O`zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo`linmasi ma`lumotida aytilishicha, voqea joyiga etib borgan yong`in o`chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida qo`shni uylarga alanganing tarqalishi oldi olingan. Yong`indan uyning 250 kv. metr maydoni saqlab qolingan.
Hodisa natijasida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar qayd etilmadi. Biroq yong`in haqida alanga maydoni kengayib ketgandan so`ng xabar berilgan. Voqea joyiga 6 ta yong`in o`chirish bo`linmalari etib borgan, bu vaqtda imoratning asosiy tom qismida alanga avj olgani ma`lum bo`lgan.
Yong`in oqibatida uyning 150 kv. metr maydoni, xususan tomi va shifti zararlangan. Yong`inning sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






