AsosiyJamiyat

Samarqandda osma yo`l loyihasi taqdim etildi

'Samarqandda osma yo`l loyihasi taqdim etildi'ning rasmi

Samarqandda butun shahar bo`ylab o`tadigan osma yo`l qurish rejalashtirilmoqda

Kuni kecha Samarqandda ushbu osma yo`l loyihasi taqdim etildi. Taqdimot fotosurati Zarnews.uz saytida e`lon qilindi.

Fotosuratda taqdim etilgan ma`lumotlarga ko`ra, osma yo`l uzunligi 5,5 kilometrdan ziyodroqni tashkil etib, u biri Samarqand markazida joylashgan uchta stansiyani o`z ichiga oladi.

Osma yo`l butun shahar bo`ylab o`tadigan va yo`lovchilar havodan turib qadimiy Afrosiyob shaharchasi hamda asosiy tarixiy yodgorliklarni tomosha qilish imkoniga ega bo`ladi.

Loyiha osma yo`llar qurilishi sohasida dunyoning eng etakchi hisoblangan Italiyaning Leitner Ropeways kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan.

    Boshqa yangiliklar