2022 yilda ijtimoiy himoya bo`yicha yagona tuzilma tashkil etiladi.
2022 yilda Ijtimoiy himoya vazirligini tashkil etish, 2021 yilgacha Milliy ijtimoiy himoya strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash rejalashtirilmoqda.
BMTning O`zbekistondagi jamoasi Vazirlar Mahkamasi bilan hamkorlikda aholining zaif qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish tizimini yaxshilash bo`yicha qo`shma dasturni ishlab chiqdi, deya xabar qildi YuNISEF vakolatxonasi.
Dastur 17 sentyabr kuni Toshkentda taqdim etildi, tadbirda bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov hamda BMTning O`zbekistondagi doimiy koordinatori Helena Frezer ishtirok etdi.
Dastur asosan nogironligi bo`lgan odamlar uchun institusional islohotlarni hamda sinov dasturlari amalga oshirishni ko`zda tutadi. Umuman olganda, ijtimoiy himoya tizimi ijtimoiy ta`minot, jumladan nafaqa va ijtimoiy sug`urtalash, bolalar va kattalar uchun ijtimoiy xizmatlarni o`z ichiga olgan ijtimoiy xizmatlar va ishlar tizimidan iborat bo`lishi kutilmoqda.
O`zbekistonda ijtimoiy himoya uchun mas`ul bo`lgan vazirlik tashkil etish haqidagi xabarlar may oyid ma`lum bo`lgan edi. Endilikda esa 2022 yilda yilda mamlakatda har bir aholining ehtiyojlariga mos samarali ijtimoiy himoya uchun etarlicha resurslari bo`lgan yagona mahkama tashkil etilishi aniq bo`ldi. Bir yil avval, 2021 yilgacha 2030 yilgacha Barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibiga asoslangan Milliy ijtimoiy himoya strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash rejalashtirilmoqda.
O`zbekiston Barqaror rivojlanish maqsadlari Jamg`armasining moliyaviy ko`magini olish to`g`risidagi arizasi tasdiqlangan 24 davlatdan biriga aylandi. Ushbu jamg`arma mablag`lari Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish jarayonini tezlashtirish uchun mo`ljallangan.
Hozirda O`zbekistonda ijtimoiy himoya qilish vazifasi bir qancha vazirlik va idoralar o`rtasida taqsimlangan. Mamlakat YaIMning 8−9 foizga yaqinini ijtimoiy himoyaga sarflayotgan bo`lishiga qaramasdan, so`nggi yillarda ijtimoiy himoya tizimida bo`shliq ortmoqda, deya qayd edi YuNISEF.
«Aksariyat nogironligi bo`lgan shaxslar munosib ijtimoiy himoyaga ega emas. Ijtimoiy nafaqalar miqdori keskin qisqardi, bir vaqtning o`zida bolali zaif oilalar o`rtasida qamrab olish darajasi 25 foizgacha tushdi. Ehtiyojmandlarning faqatgina 10 foizi ijtimoiy nafaqalar va mehnat bozoridagi faol dasturlardan foydalana oladi, pensiya yoshidagi shaxslarning 30 foizi ijtimoiy sug`urtalash dasturlariga jalb qilinmagan», — deyiladi xabarda.






