Yuzaga kelgan vaziyat to`g`risida dastlabki ma`lumotlar ma`lum qilindi...
Joriy yilning 28 avgust kuni soat 13:18da Toshkent FVB navbatchilik qismining bergan birlamchi ma`lumotiga ko`ra, Olmazor tumani Nurafshon ko`chasida yangi qurilayotgan “Riviera” savdo majmuasining qurilish jarayonida metall konstruksiyaning qulashi sodir bo`lgan.
Natijada, 4 nafar ishchi xodim vafot etgan va 2 nafari tan jarohat olgan. Hodisa joyiga Faqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati va shahar FVB xodimlari chiqishgan.
Voqea yuzasidan qo`shimcha ma`lumotlar beriladi.
FVV matbuot xizmati






