Abiturientlar belgilangan kvota bo`yicha o`qishga kirolmagan taqdirda SUPER KONTRAKT asosida qabul qilinishi mumkin.
Bunda SUPER KONTRAKTning miqdori kontrakt to`loviga nisbatan quyidagicha belgilanadi:
- 1 ballgacha etmaganda — 1,5 barobar;
- 1,1 balldan 2 ballgacha etmaganda — 2 barobar;
- 2,1 balldan 3 ballgacha etmaganda — 2,5 barobar;
- 3,1 balldan 4 ballgacha etmaganda — 3 barobar;
- kirish uchun 4 balldan ko`p va minimal balldan (56,7) kam bo`lmaganda — 10 barobar va undan ko`p (yo`nalishga qarab).
Bundan tashqari, 56,7 dan kam ball to`plaganlar ham talaba bo`lishi mumkin.
Bunda abiturientlar hujjat topshirgan yo`nalishi bo`yicha eng yuqori SUPER KONTRAKT miqdorining 2 barobarini to`lashi lozim.
Masalan, oshirilgan to`lov kontrakti 10 barobar (100 mln. so`m) bo`lsa — 20 barobar (200 mln. so`m) to`lanadi.
- Eslatib o`tamiz (http://www.lex.uz/docs/3244181), oshirilgan kontrakt faqat birinchi o`quv yili uchun to`lanadi.






