Poytaxtdagi «Suzuk ota» majmuasida O`zbekiston musulmonlari idorasining Toshkentdagi vakilligi faoliyat boshladi.
Ushbu majmua Prezident tashabbusi bilan bunyod etilib, ramazon oyida foydalanishga topshirilgan edi.
«Suzuk ota» majmuasi shahar markazida joylashgan bo`lib, vakillik binosining ushbu erda bo`lishi maqsadga muvofiq. Vakillik o`ziga munosib maskandan joy oldi. Toshkent shahriga yangi tayinlangan bosh imom-xatib Nuriddin domla Xoliqnazarov bugundan o`z vazifasini bajarishga ayni shu maskanda kirishdilar.
27 avgust kuni poytaxtimizdagi «Suzuk ota» majmuasida O`MIning Toshkent shahridagi vakilligi faoliyat boshladi. Ushbu majmua Prezidentimiz tashabbusi bilan bunyod etilib, ramazon oyida foydalanishga topshirilgan edi. Ma`lumki, «Suzuk ota» masjidi tarixiy maskanlardan biri bo`lib, o`tmishi bevosita Amir Temurga borib taqaladi. Vakillik binosining ayni shu majmuadan o`rin olishi quvonarli va, inshaalloh, xayrlidir.
«Suzuk ota» majmuasi shahar markazida joylashgan bo`lib, vakillik binosining ushbu erda bo`lishi aynan maqsadga muvofiqdir. Vakillik o`ziga munosib maskandan joy oldi, desak xato qilmagan bo`lamiz.
Toshkent shahriga yangi tayinlangan bosh imom-xatib Nuriddin domla Xoliqnazarov bugundan o`z vazifasini bajarishga ayni shu maskanda kirishdilar.
Tadbirda O`MI raisi o`rinbosari, bo`lim boshliqlari hamda vakillik xodimlari, nuroniy otaxonlar va boshqa mehmonlar ishtirok etdilar. An`analarimizga muvofiq qurbonlik marosimi amalga oshirildi, Qur`oni Karim oyatlari tilovat qilindi.






