AsosiyJamiyat

Toshkentda 85-avtobus haydovchisi nazroratdan qochish uchun GPS uskunasini olib tashlagani uchun ishdan bo`shatildi

'Toshkentda 85-avtobus haydovchisi nazroratdan qochish uchun GPS uskunasini olib tashlagani uchun ishdan bo`shatildi 'ning rasmi

8-avtobus saroyi tasarrufidagi 85-yo`nalishda qatnovchi avtobus haydovchisi T. G`ofurjon GPS treker kartasini olib tashlab, o`zi boshqarayotgan avtobusni nazoratdan yashirmoqchi bo`lgani uchun u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

"T. G`ofurjon 1994 yildan buyon ushbu avtobus saroyida haydovchi bo`lib ishlab keladi. Hamkasblari o`rtasida ham yaxshigina obro`-e`tibor qozongan. Ammo erishgan yutuqlari unga belgilangan qonun-qoidalarni buzish yoki chetlab o`tish huquqini bermasligini u vaqtida tushunib etmadi. Tizimda qat`iy tartib-intizomni yo`lga qo`yish, qatnovlari doimiyligini ta`minlash maqsadida ana shunday keskin choralar davom ettiriladi", deyiladi xabarda.

“Toshshahartransxizmat” AJ eslatishicha, bundan avval ham avtobuslar qatnovini to`g`ri tashkil etish, ko`rsatilayotgan xizmat sifatini yanada yaxshilash maqsadida o`rnatilgan GPS nazorati tizimiga qasddan zarar etkazgan haydovchilarga qat`iy choralar ko`rilib, hatto ishdan bo`shatilib kelingan.

    Boshqa yangiliklar