AsosiyJamiyat

Bu haftada qanday harorat kuzatiladi?

'Bu haftada qanday harorat kuzatiladi?'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya markazi 20-23 avgust kunlari uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi:

QORAQALPOG`ISTON VA XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 20-22 avgust kunlari 32-37, 23 avgustda 30-35 daraja issiq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`lsada, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22, kunduzi 20-22 avgustda 33-38, 23 avgustda 31-36 daraja issiq bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 20-22 avgustda 32-37, 23 avgustda 30-35 daraja issiq bo`ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22, kunduzi 20-22 avgustda 33-38, 23 avgustda 30-35 daraja issiq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`lsada, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20, kunduzi 20-22 avgustda 30-35, 23 avgustda 28-33 daraja issiq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15, kunduzi 20-25 darajagacha isiydi.

    Boshqa yangiliklar