AsosiyDunyo

Dubayda tush ko`rish bo`yicha jahon chempionati o`tkaziladi

'Dubayda tush ko`rish bo`yicha jahon chempionati o`tkaziladi'ning rasmi

Dubayda INDEX interer mebellar brendi o`z mahsulotlari doirasida dastlabki "Tush sinovi" jahon chempionatini o`tkazmoqchi. Bu haqda Islam–today sayti xabar berdi.

Ishtirokchilar oson bo`lmagan shartlarni bajarishi kerak, ya`ni ular ko`rgazmaga tashrif buyurganlar orasida mazkur zalda tezroq uxlashlari kerak bo`ladi.

Musobaqa 3 soat davom etadi. Eng uzoq va maroqli uxlagan ishtirokchi g`olib bo`lishi mumkin.

Chempionat qatnashchilari musobaqada ishtirok etish uchun maroq bilan uxlayotgan suratini Facebook ijtimoiy tarmog`idagi sahifasiga joylashi kerak. G`olib chempionat tashkilotchisining dizaynerlik yotoq karavoti bilan taqdirlanadi.

    Boshqa yangiliklar