AsosiyJamiyat

Yong`in xavfsizligi instituti xodimlari, kursantlari xayriya hasharlariga hissa qo`shmoqda

'Yong`in xavfsizligi instituti xodimlari, kursantlari xayriya hasharlariga hissa qo`shmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10 avgust kunidagi Farmoyishiga asosan, 15-30 avgust kunlari mamlakatimizning barcha hudularida obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda umumxalq xayriya hashari deb e`lon qilingani munosabati bilan Yong`in xavfsizligi institutining professor-o`qituvchilari, xodimlari va kursantlari tomonidan Toshkent shahrining Yashnobod, Yakkasaroy, Mirzo Ulug`bek, Olmazor, Chilonzor, Uchtepa, Yunusobod, Sergeli tumanlari hamda Toshkent viloyatining Yangiyo`l, Zangiota tumanlari mahallalarida istiqomat qiluvchi kam ta`minlangan oilalar, yakka yolg`iz hamda nogiron fuqarolarning uylarida, urush va front orti mehnat qatnashchilari va faxriylari xonadonlarida, shuningdek, murg`ak qalbli, imkoniyati cheklangan bolalar tarbiyalanadigan mehribonlik uylari, urush va mehnat faxriylari uchun Respublika pansionati, internatlar, maktabgacha ta`lim muassasalarida xayriya hasharlari uyushtirildi.

Hasharda Institutning doimiy va o`zgaruvchan tarkibidan jami 500 nafardan ortiq professor-o`qituvchilar, xodim va kursantlari ishtirok etdi.

Hashar davomida Institut jamoasi tomonidan har bir xonadonni tartibga keltirish, ularning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga e`tibor qaratish, hovlilaridagi daraxtlarga shakl berilish, turli chiqindilardan tozalash hamda tomorqalarini begona o`tlardan tozalash kabi ishlar amalga oshirildi.

Yong`in xavfsizligi instituti jamoasi tomonidan bunday xayr-saxovat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Fotolavha:

O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong`in xavfsizligi instituti matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar