AsosiyJamiyat

Eksport hajmining ortishi - mamlakat ravnaqidir

'Eksport hajmining ortishi - mamlakat ravnaqidir'ning rasmi

Mamlakatimizda bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va liberallashtirish, to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiyalarni jalb etish, mahsulotlarimiz eksport salohiyatini oshirish, eksport va investisiyaning to`laqonli rivojiga to`sqinlik qilayotgan g`ovlarni, byurokratik to`siqlarni bartaraf etish, ular faoliyatining davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanishini yanada takomillashtirish, mahalliy mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish, tadbirkorlarga qulay shart-sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini joriy qilish va ishchi o`rinlarini yaratish borasida muhim islohotlar o`tkazilmoqda.

Mazkur islohotlar samarasini Surxondaryo viloyati misolida oladigan bo`lsak ijobiy o`zgarishlarni ko`rishimiz mumkin. 2019 yil 7 oyi mobaynida viloyat bojxona boshqarmasining tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari orqali 7041 ta bojxona yuk deklarasiyalari rasmiylashtirilgan bu o`tgan yilning shu davriga nisbatan594 taga yoki9,2 foizgaortgan. Shuningdek, viloyatmiqyosida eksport qilingan tovarlar ulushi 185,3 million AQSh dollarni tashkil etib, o`tgan yilning shu davriga nisbatan 104,5 million AQSh dollari yoki 129,3 foizga ko`paygan.

Tahlil qiladigan bo`lsak , eksportga rasmiylashtirilgan tovarlarning o`sishi asosan quyidagi tovarlar eksportining ko`payishi hisobiga to`g`ri keladi:

dukkakli ekinlar – qiymati 41,5 million AQSh dollari;

ip-kalava - qiymati 30,9 million AQSh dollari;

mis konsentrati - qiymati 19,7 million AQSh dollari;

un – qiymati 4,8 million AQSh dollari;

karam – qiymati 4,3 million AQSh dollari;

ipak va mato – qiymati 2,7 million AQSh dollari;

sement - qiymati 2,2 million AQSh dollari;

gilos - qiymati 2,1 million AQSh dollari;

piyoz – qiymati 1,7 million AQSh dollari.

Shuningdek, viloyatda joriy yilning 7 oyi mobaynida import qilingan tovarlar ulushi 120,5 million AQSh dollarni tashkil etib, o`tgan yilning shu davriga nisbatan 143,6 million AQSh dollari yoki 54,3 foizga kamaygan.

Albatta, erishilayotgan ushbu yutuqlar davlatimiz tomonidan tadbirkorlik sub`ektlariga qaratilayotgan e`tibor va yaratilayotgan sharoitlar samarasidir. Bu kabi islohotlarni amalga oshirishda Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari ham “bojxonachi –tadbirkor tayanchi” shiori ostida o`z hissalarini qo`shishmoqda.

    Boshqa yangiliklar