Buxoro viloyatining G`ijduvon tumanida yashovchi Rayhon Dilovaga biometrik pasport rasmiylashtirildi, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.
Pasportni rasmiylashtirish hujjatlarida Rayhon Dilovaning tug`ilgan sanasi sifatida 1900 yil qayd etilgan.
"Onaxon 120 yoshni, u kishining qizlari esa 80 yoshni qarshilagan. Barchaga ularning yoshiga kirish nasib etsin!", - deyiladi xabarda.







