AsosiySport

Karatechilarimiz Istanbulda o`tkaziladigan A seriya turkumiga kiruvchi xalqaro musobaqada ishtirok etishadi

'Karatechilarimiz Istanbulda o`tkaziladigan A seriya turkumiga kiruvchi xalqaro musobaqada ishtirok etishadi'ning rasmi

17-19 may kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida karatening WKF yo`nalishi bo`yicha A seriya turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqa bo`lib o`tadi. O`zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadigan mazkur yirik turnirda dunyoning 101 davlatidan 1800 nafardan ortiq kuchli karatechilar medallar bilan birga Tokio olimpiadasi reyting ochkolari uchun ham bahs olib borishadi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati telegram kanali xabar bermoqda.

Ushbu nufuzli musobaqada terma jamoamiz quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

Erkaklar:

-60 kg: Sadriddin Saymatov

-67 kg: Sanjar Abdukarimov

-67 kg: Iqboljon Uzoqov

-75 kg: Dostonbek Otabolaev

Ayollar:

-50 kg: Bahriniso Boboeva

-61kg: Barno Mirzaeva

Murabbiy: O`ktam Bekpo`latov, Dilnoza Bakirova

    Boshqa yangiliklar