O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta`lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.
2020-2021 o`quv yili qabulidan boshlab test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi ikki bo`limga ajratiladi.
Birinchi bo`limga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo`lgan quyidagi uchta fan kiritiladi:
- ona tili (o`zbek, rus yoki qoraqalpoq tili);
- matematika;
- O`bekiston tarixi.
Ikkinchi bo`limga abiturient tanlagan bakalavriat ta`lim yo`nalishiga mos ikkita fan kiritiladi.






