Moliya vazirligi Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi tomonidan pensiyalarni tayinlashga doir hukumat qarori loyihasini tayyorladi. Bu haqda O`zA xabar berdi.
“Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash uchun zarur hujjatlarni yig`ish jarayonini tubdan takomillashtirish to`g`risida”gi hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Hujjatga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “O`zarxiv” agentligi hamda tarkibiy bo`linmalari, shuningdek shaxsiy tarkibga oid hujjatlar saqlovi mavjud bo`lgan vazirlik va idoralarga elektron so`rovnomalar yuborish va qabul qilish tizimi orqali amalga oshirilishi;
2020 yil 1 yanvardan boshlab tajriba tariqasida Davlat xizmatlari agentligining Toshkent shahri Bektemir, Yakkasaroy va Chilonzor tuman bo`limlari orqali, 2020 yilning 1 iyuldan boshlab esa respublikaning barcha hududlarida joriy etilishi to`g`risidagi takliflari ma`qullash belgilangan.
Hujjat loyihasida aytilishicha, 2021 yil 1 yanvardan boshlab:
“a) davlat pensiyalarini tayinlashda fuqaroning ish staji mulkchilik shaklidan qat`iy nazar xo`jalik yurituvchi sub`ektlar tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining axborot tizimiga kiritilgan elektron ma`lumotlarga asosan hisoblanadi;
b) fuqarolarning ish haqi to`g`risidagi ma`lumotlari:
2005-2015 yillardagi davr uchun - AT “Xalq banki”ning jamg`arib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar;
2016-2018 yillardagi davr uchun - Davlat soliq qo`mitasining fuqarolarning O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasiga o`tkazilgan sug`urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reestri, 2019 yildan keyingi davr uchun esa - ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritish reestri ma`lumotlari asosida tasdiqlanadi.
Ushbu davrlar uchun fuqarolarning mehnat stajini tasdiqlovchi qog`oz shaklidagi ma`lumotlar talab qilinishi man etiladi”, deyilgan qaror loyihasida.






