«Ta`lim oluvchilarga mashg`ulotlar va tadbirlar oralig`ida faqat asosli va kechiktirib bo`lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi, yaqin qarindoshlari, maktab rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bog`lanish maqsadida telefonlardan foydalanishga (qo`ng`iroq qilishga, SMS, MMS, GPRS jo`natishga, Bluetooth, Internet va shu kabilar xizmatidan foydalanishga) ruxsat etiladi», - deyiladi vazirlik eslatmasida.
Mashg`ulotlar va turli tadbirlar oralig`ida telefon orqali so`zlashish uchun xonadan yo`lakka yoki foyega chiqish, past ovozda va qisqa muloqot qilish zarur.






