12 may kuni Almati-Bishkek trassasida «Lada» va «Toyota Camry» avtomashinalari ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Mazkur hodisa tufayli 9 kishi halok bo`ldi, ulardan 3 nafari ayollardir. Bu haqda "Xabar uz" nashri yozmoqda.
Marhumlar shaxsiga aniqlik kiritilganda ular Almati va Chimkent shahri, Turkiston va Almati viloyatlaridan ekanligi aniqlangan.
Hozirda mazkur hodisa yuzasidan polisiya tekshiruvi o`tkazilmoqda. Ekspetiza o`tkazilishi belgilangan.






