Filippin prezidenti Rodrigo Dutertening elkasiga katta suvarak chiqib oldi, deb xabar qilmoqda Reuters nashri.
Rodrigo Duterte senatga murojaat qilayotgan payt uning elkasiga katta suvarak chiqib oladi. Ammo u bunga e`tibor qilmaydi. Bir zumdan so`ng uning yordamchisi kelib, suvarakni olib tashlamoqchi bo`ladi. Keyin Dutertening o`zi uni qo`llari bilan silkib tashlaydi va suvarakni muxolif tomon jo`natgan deya hazillashib, o`z nutqini davom ettiradi.






