Tunis sohillarida 60 ga yaqin muhojirlar halok bo`ldi, deb xabar bermoqda Day.Az nashri.
Muhojirlarning aksari Bangladeshlik edi. Ular Liviyaning Zuvara port shahridan katta qayiqda yo`lga chiqishgan. Kechasi yuz bergan po`rtana oqibatida damlama qayiq ag`darilib ketgan. Qurbon bo`lganlardan tashqari, yana 16 kishi qattiq jabrlangan. Jarohatlanganlar tunislik baliqchilar tomonidan qutqarib olingan.






