AsosiyJamiyat

​Xivada mehmonxonalar yana bittaga ko`paydi

'​Xivada mehmonxonalar yana bittaga ko`paydi'ning rasmi

Xiva shahrida “Erkin Palace” mehmonxonasi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari qo`mitasi raisi A.Saidov, akademik Q.Abdurahmonov qatnashdi.

Yangi mehmonxona 70 o`rinli bo`lib, 35 ta xonadan iborat. Barcha qulayliklarga ega mehmonxona milliy va jahon andozalari asosida ko`rkam bezatilgan.

Ta`kidlash joizki, viloyatda o`tgan yili 13 ta mehmonxona qurilib, foydalanishga topshirilgan edi. Joriy yilda mazkur yo`nalishda mahalliy va xorijiy tashabbuskorlar tomonidan yana 100 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan.

12.jpg

18.jpg

21.jpg

22-faqat saytga.jpg

    Boshqa yangiliklar