Hindistonning Andxra-Pradesh shtatida yuz bergan yo`l-transport hodisasi oqibatida 15 kishi halok bo`ldi, yana 6 kishi jarohat oldi. Bu haqda "Ria Novosti" xabar bermoqda.
Avtohalokatda qo`shni Telingana shtatida yashovchi, to`ydan avtobusda qaytayotganlar halok bo`lgan. Avtobus avtomobil bilan to`qnashib ketishi oqibatida voqea joyida 13 kishi, shifoxonada yana 2 kishi jon bergan.
YTH sabablari aniqlashtirilmoqda.






