O`zbekistonning Koreya respublikasidagi elchixonasi bergan ma`lumotga ko`ra, 2019 yilning 9 may kuni Seul shahridagi kvartirada sodir bo`lgan yong`in natijasida halok bo`lgan O`zbekiston fuqarosi Farrux Muminovning (1996-yilda tug`ilgan) jasadi Toshkentga jo`natildi.
Yong`in chog`ida ikkinchi darajali kuyish olgan talaba Mutal Yuldashev (1997-yilda tug`ilgan) "Hanil" kasalxonasiga joylashtirilgan, unga malakali tibbiy yordam ko`rsatilmoqda. 11 may kuni jabrlanuvchining otasi va akasi Seul shahriga etib keldi hamda M.Yuldashev ta`lim olgan "Hankuk" universiteti ko`magida ularga yashash joyi borasida va boshqa masalalarni hal qilishda yordam ko`rsatildi.
Hozirgi paytda Janubiy Koreya tomoni yong`inning barcha sabablarini aniqlash uchun tergov harakatlari davom ettirilmoqda.