AsosiyJamiyat

«Yoshlar o`rtasida jinoyatchilikning oldini olish» mavzusida anjuman o`tkazilmoqda

'«Yoshlar o`rtasida jinoyatchilikning oldini olish» mavzusida anjuman o`tkazilmoqda'ning rasmi

Xalq ta`limi vazirligi tomonidan yurtimiz umumta`lim maktablarining 8-11-sinf o`quvchilari uchun «Yoshlar o`rtasida jinoyatchilikning oldini olish» mavzusida anjuman o`tkazildi.

Mazkur anjuman «Huquqiy madaniyatni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan Doha Deklarasiyasining amalga oshirilishi bo`yicha Global dastur» homiyligida, BMTning Narkotik moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurash bo`yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi (UNODC ROCA), O`zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Uch kun davomida o`tkaziladigan anjuman ishtirokchilari diplomatlar kabi BMTning rasmiy tillarida faoliyat olib boradi. Anjuman to`liq ingliz tilida olib boriladi.

Anjumanda asosan BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari doirasidagi mavzular, jumladan, «Yoshlar o`rtasida jinoyatchilikning oldini olish», «Atrof-muhitga sezilarli ta`sir ko`rsatuvchi jinoyatlarning oldini olishning samarali usullarini shakllantirish», «Korrupsiyaga qarshi kurashda fuqarolik jamiyatining roli» mavzulari muhokama qilinadi.

Joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida Xalq ta`limi vazirligi tomonidan bu kabi konferensiyalar hududiy miqyosda o`tkazilishi rejalashtirilgan va shu orqali yoshlar bilan ishlash sohasida yangi tajribani amaliyotga tadbiq etish ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar