“Valensiya” va “Arsenal” o`rtasidagi matchdan oldin g`alati hodisa sodir bo`ldi, deb xabar qilmoqda 5-tv.ru nashri.
Futbolchilar matchdan avval chigilyozdi mashqlarini bajarishayotgan payt jurnalist Monika Benavent maydon chetida to`g`ridan-to`g`ri efirni olib borar edi. Shu dam to`p uchib kelib, to`g`ri jurnalist ayolning boshiga tegadi. Buning oqibatida Monika bir zumga hushidan ketadi. Lekin keyinroq Monika tomoshabinlarga hammasi joyida ekanini aytib, hatto to`p bilan suratga tushadi.






