AsosiyJamiyat

Toshkentda harbiy xizmatchilar salomatlik aksiyasida qatnashdi (Video)

'Toshkentda harbiy xizmatchilar salomatlik aksiyasida qatnashdi (Video)'ning rasmi

Bugun, 12 may kuni ertalab soat 8.00da Mudofaa vazirligi hamda Mirzo Ulug`bek tuman hokimligi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolari ishtirokida “Sog` tanda — sog`lom aql” shiori ostida ommaviy yurishi bo`lib o`tdi.

Salomatlik aksiyasida mingdan ziyod harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolari faol qatnashdi.

Aholi o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, yosh avlodni jismonan chiniqtirish va sport orqali ayollarimiz salomatligini yanada mustahkamlash maqsadida o`tkazilgan tadbir Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani “EKO” bozori oldidan “Feruza” massivi bo`ylab o`tkazildi.

Yurish aksiyasi ishtirokchilariga Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy orkestri hamkorxlik qildi.

“Finish” chizig`ida ommaviy tadbir ishtirokchilari uchun Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli jamoasi tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati


Boshqa yangiliklar