Nurotada davlat xizmatlari markazida barcha qulayliklarga ega xizmat ko`rsatish oynalari, bolalar maydonchasi, kutish zali, mutolaa uchun qo`yilgan kitob javoni tantanada ishtirok etgan 400 nafardan ortiq nurotaliklarni xursand etdi. Boisi avval odamlar ikki-uch kichik xonalari bor markazda ancha tiqilib qolgandilar. Raqamlar buni isbotlaydi.
Markazda 2018 yilda jami xizmatlar soni 12 mingtani tashkil etgan bo`lsa, joriy yilning 4 oyi davomida 14 mingdan ortiq fuqaro murojaatiga xizmat ko`rsatildi.








