AsosiyJamiyat

Qanday kasalliklari mavjud bolalar uchun bog`cha puli to`lanmaydi?

'Qanday kasalliklari  mavjud bolalar uchun bog`cha puli to`lanmaydi?'ning rasmi

Quyidagi kasalliklar mavjud bolalar uchun bog`cha puli to`lanmaydi:

  • nutqidagi og`ir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlanish, bolalar afaziyasi, ruhiy-nutqiy rivojlanishda orqada qolish);
  • eshitishdagi og`ir nuqsonlar (II — IV darajadagi karlik);
  • ko`rishdagi og`ir nuqsonlar (ko`zi ojizlar, bir ko`zi soqqasi yo`qligi (anoftalm), ambliopiya va g`ilay bo`lgan zaif ko`radiganlar);
  • tayanch-harakatlanishidagi nuqsonlar (bosh miya, bo`yin, ko`krak qafasi, umurtqa, bo`g`imlar va oyoqlar operasiyalarining barcha turlaridan keyingi holati; bo`yin, ko`krak qafasi, umurtqaning idiapatik deformasiyalari; kifoz; lordoz; kifoskolioz; oyoq panjalari falaji; tayanch-harakatlanish a`zosi rivojlanishi anomaliyalari; artrozoartritlar; ostexondropatiya; xondrodistrofiya; bolalar serebral falaji; meningoensefalitga chalingandan keyin hamda tug`ruq asoratlaridan keyingi tayanch-harakatlanish a`zolarining barcha patologiyalari (gemiparez, paraparez, monoparez va shu turdagi plegiyalar); poliradikulonevritlar va ularning asoratlari);
  • psixik rivojlanishda orqada qolish (aqliy orqada qolish (aqliy faoliyatining orqada qolishi va aqliy zaiflikning engil darajasi);
  • murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi);
  • sil kasalligining ilk ko`rinishi (sil kasalligi bilan kasallangan bemor bilan bir oiladan (xo`jalikdan) bo`lib aloqada bo`lganlar, tubviraj), shuningdek sil kasalligidan keyingi tiklash davri.

Bunday bolalarni bog`cha pulidan ozod qilish tegishli tibbiyot muassasasining ma`lumotnomasiga asosan amalga oshiriladi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanalining telegram kanalida xabar qilingan.


    Boshqa yangiliklar