AsosiyJamiyat

​«Ayollarni tazyiq va zo`ravonlikdan himoya qilish to`g`risida"gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi

'​«Ayollarni tazyiq va zo`ravonlikdan himoya qilish to`g`risida"gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi'ning rasmi

Qonun loyihasi ayollarni turmushda, ish joylarida, ta`lim muassasalarida tazyiq va zo`ravonlikdan himoya qilishga, ayollarga nisbatan tazyiq va zo`ravonlikning oldini olishga, shuningdek tazyiq va zo`ravonlik qurbonlarini huquqiy hamda ijtimoiy himoya qilish kafolatlarini ta`minlashga qaratilgan.

Xujjatda zo`ravonlik, zo`ravonlik qurboni va boshqa terminlarning aniq tushunchalari kiritilmoqda, zo`ravonlikning to`rtta turi belgilanmoqda. Bundan tashqari zo`ravonlikning oldini olishning muxim chorasi sifatida himoya orderi kiritilmoqda.

Qonun loyihasi O`zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirildi. Siz bildirgan fikr-mulohaza va takliflar asosida xujjat yanada takomillashtiriladi.

Mazkur Qonun loyihasi muhokamasida faol ishtirok etishingizni so`raymiz. Qonun loyixasi bilan quyida tanishish va fikr bildirish mumkin:

https://regulation.gov.uz/ru/document/3338

    Boshqa yangiliklar