AsosiyJamiyat

​O`zbekistonda “Aspara Fashion Week” xalqaro moda haftaligi boshlandi April

'​O`zbekistonda “Aspara Fashion Week” xalqaro moda haftaligi boshlandi  April'ning rasmi

O`zbekistonda Qozog`iston yili munosabati bilan yo`l xaritasida belgilangan “O`zbekiston va Qozog`iston hunarmandlari o`rtasida o`zaro tajriba almashish”ni ta`minlash maqsadida “UZBEKISTAN – Aspara Fashion Week” xalqaro moda haftaligi bo`lib o`tmoqda.

Shu munosabat bilan joriy yilning 26-28 aprel kunlari Qozog`iston Respublikasining delegasiyasi Toshkentga tashrif buyurgan.

Moda haftaligida jahonning etakchi dizaynerlari va moda olamining taniqli vakillari, jahonga mashxur moda nashrlari, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda professional dizaynerlar va moda olamining mashhur vakillari ishtirok etadi. Shuningdek tadbirda AQSh, Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Malayziya, Xitoy, Gruziya, Xindiston, MDH va boshqa xorijiy mamlakatlarning jahon moda sohasi mutaxassislari, xaridorlar, ijodkorlarlar tashrif buyuradi.

Moda haftaligi loyihasini O`zbekistonda tashkil etishdan asosiy maqsad mamlakatlar o`rtasida do`stlikni mustahkamlash, mamlakatning boy madaniyatini namoyish etish, chet ellik mehmonlar va moda sohasi mutaxassislariga milliy liboslarning jozibasi, kiyinish madaniyatini dunyoga namoyish etish, o`zbek xalqining boy merosiy san`atini va Osiyo identifikasiyasini saqlab qolish hamda Markaziy Osiyo dizaynerlari o`rtasida bilim va raqobatbardoshlikni kuchaytirish, dizaynerlar ijodini rag`batlantirish, shuningdek, yosh dizaynerlarning Markaziy Osiyo mintaqasi va jahon podiumlar ishtirokiga keng yo`l ochishdan iborat.

Shu bilan birga, xalqaro moda haftaligini xorijiy sarmoyadorlar uchun jozibador qilish, milliy moda madaniyatining yangi qirralarini kashf etish qolaversa, milliy matolarimizni dunyo miqyosida targ`ib qilish, brend kiyim-kechaklar, sayyohlik va xizmat ko`rsatish sohalarini jalb etishga qaratiladi.

O`zbekistonda o`tkazilayotgan mazkur xalqaro moda haftaligi ilk marotaba dunyo haftaliklari dasturiga kirishga yo`l ochadi.

“Aspara Fashion Week” xalqaro loyihasining konsepsiyasi O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi – ayollarning bandligi masalalari, kichik va o`rta biznes korxonalari o`rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, xalqaro miqyosda xotin-qizlar faolligini oshirgan holda xalqaro moda maydonida integrasiyalashuvini ta`minlaydi.

Tadbir doirasida jahon modasining eng yaxshi namunalari namoyish etilib, Markaziy Osiyoning iste`dodli dizaynerlari tomonidan yaratilgan san`at namunalari va sharqona uslubdagi original echimlar keng ommaga taqdim etiladi.

Moda haftaligi doirasida O`zbekistonda biznes uchrashuvlar tashkil etish, madaniyat yo`nalishida shartnomalar imzolash, tajriba almashish va ijodiy aloqalarni yo`lga qo`yish ko`zda tutilgan.

Eslatib o`tamiz, 2018 yilning 8-12 oktyabr kunlari Taraz shahrida "Aspara Fashion Week Taraz" xalqaro moda haftaligining ikkinchi mavsumi bo`lib o`tdi. Unda dunyoning 18 ta mamlakatidan ishtirok etgan 29 nafar dizaynerlarning ijod namunalari namoyish etildi. Shuningdek, mazkur tadbirga dunyoning 16 mamlakatidan moda olamining nufuzli mehmonlari tashrif buyurdi.

Ma`lumot uchun:

Xalqaro moda haftaligining "Aspara Fashion Week" loyihasiga 2017 yilning boshida “Asil-Dizayn Moda” uyining bosh dizayneri, Taraz shahri “ASPARA” Moda San`at va Biznes Kollejining asoschisi, tibbiyot fanlari doktori, "Neo-folklor" uslubi hamda "ASPARA", "Aydar Xon" brendlarining asoschisi, taniqli dizayner Aydarxan Kaliev tashabbusi bilan asos solingan.

Qozog`istonning Shimkent va Taraz shaharlarida o`tkazilgan ikki mavsum natijalariga ko`ra, xorijiy etakchi ekspertlarning fikricha, “Aspara Fashion Week” modalar ko`rgazmasi Osiyodagi eng yirik va jahon moda haftaliklari jadvalida Nyu-York, London, Milan va Parijdan so`ng beshinchi o`rinni egallagan.

    Boshqa yangiliklar