Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo`yicha “Gubernator kubogi” musobaqasining hal qiluvchi janglari bo`lib o`tadi. Musobaqada ishtirok etayotgan terma jamoamizning 3 nafar vakili Abdumalik Xalakov, Iqboljon Xoldorov va Kozimbek Mardonov oltin medal uchun kechadigan bahsda ishtirok etishadi.
Ma`lum bo`lishicha, “M1 Arena”da kechadigan bugungi final janglarini tomosha qilish uchun boks afsonalaridan biri Roy Jons ham tashrif buyurishi kutilmoqda. Hamyurtlarimizning finaldagi raqiblari bilan tanishing:
-56 kg: Abdumalik Xalakov – Aleksey Moskvin (Rossiya)
-69 kg: Iqboljon Xoldorov – Fernando Luis (Braziliya)
-81 kg: Kozimbek Mardonov – Andrey Kosenkov (Rossiya)






