AsosiyJamiyat

​Turizm sohasida samarali mehnat qilayotgan Feruza Yuldasheva “Mehnat faxriysi” ko`krak nishoni bilan taqdirlandi

'​Turizm sohasida samarali mehnat qilayotgan Feruza Yuldasheva “Mehnat faxriysi” ko`krak nishoni bilan taqdirlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi majlislar zalida Prezidentimiz tomonidan ta`sis etilgan “Mehnat faxriysi” ko`krak nishoni bilan taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Mazkur mukofotga Qo`mitada uzoq yillardan buyon halol va samarali mehnat qilayotgan Feruza Yuldasheva munosib deb topildi.

Davlatimiz rahbarining 2016 yil 28 dekabrdagi “O`zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg`armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoniga muvofiq ta`sis etilgan “Mehnat faxriysi” ko`krak nishoni bilan mamlakatimizning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta`lim, sog`liqni saqlash, yurisprudensiya hamda boshqa sohalarida ko`p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi yurtdoshlarimiz, shuningdek, ishlamaydigan, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash, farzandlarimizni jamiyat oldida mas`uliyat, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, ona-Vatanga muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bag`ishlab, jamiyatimizda hurmat qozongan onalar taqdirlanadi.

Taqdirlash marosimida Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov ushbu nishon yurtimizda faxriylarga bo`lgan doimiy g`amxo`rlikning yana bir yorqin ifodasi ekanligi, Prezidentimizning bu e`tibori faxriylarni yurtimiz ravnaqi yo`lida fidoyilik ko`rsatib, faol ishtirok etishga undashini ta`kidladi.

- Ushbu mukofot meni juda ruhlantirdi. Mana shunday baxtga muyassar bo`layotganimdan mamnunman, - deydi Feruza Yuldasheva. – Bundan buyon ham butun kuch-g`ayratimizni chinakam murabbiy sifatida yoshlarga o`z hayotiy tajribalarimizni o`rgatib boramiz.

- Bunday yuksak e`tibor, turizm sohasida faoliyat olib borayotgan har birimizni ruhlantirib, yurtimizda yuz berayotgan o`zgarish va yangilanishlarga daxldorlik tuyg`usini yanada yuksaltirmoqda. Feruza Yuldashevaning uzoq yillik mehnati yoshlarimiz uchun ibrat maktabidir, deydi Qo`mitaning Kadrlar masalalari bo`yicha rahbari Gulnora Karimova.
Tadbirda so`zga chiqqanlar davlatimiz tomonidan keksa avlod vakillariga ko`rsatilayotgan yuksak hurmat-ehtirom, berilayotgan imtiyoz va yaratilayotgan qulayliklar uchun minnatdorlik bildirdi.




    Boshqa yangiliklar