2019 yilning 12 may kuni Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari va ularning oila a`zolari ishtirokida “Sog` tanda sog`lom aql” shiori ostida ommaviy marsh yurishi bo`lib o`tadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati O`zAga ma`lum qildi.
Aholi o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, yosh avlodni jismonan chiniqtirish va sport orqali ayollarimiz salomatligini yanada mustahkamlash maqsadida o`tkazilayotgan tadbir Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani “EKO” bozori oldidan “Feruza” massivi bo`ylab amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan 2019 yilning 12 may kuni soat 8:00 dan 12 gacha ushbu hududda avtomobillar harakati vaqtincha to`xtatiladi.






