AsosiyJamiyat

​Xotin-qizlar qo`mitasi bir guruh ayollarni AQShga yubormoqda

'​Xotin-qizlar qo`mitasi bir guruh ayollarni AQShga yubormoqda'ning rasmi

Joriy yilning 15-28 may kunlari O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi tomonidan bir guruh ayollar “OPEN WORLD” dasturi orqali AQShning Rod-Aylend shtatiga o`quv-kurslariga yuborilmoqda. Bu haqda xotin-qizlar qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O`zbek xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasida tajriba almashinuv sohasidagi kelishuv O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Tanzila Narbaevani joriy yilning fevral oyida Vashington shahrida bo`lib o`tgan muzokaralarida erishilgan.

Joriy yilning 10 may kuni O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi binosida mazkur dastur bo`yicha tahsil olgani ketayotgan ayollar bilan safar oldidan davra suhbati bo`lib o`tdi. Suhbat jarayonida Dasturning maqsadlaridan tashqari, o`zbek madaniyatining serqirra jihatlari, o`zbek ayollarining keng imkoniyatlarini o`zida aks ettirgan “o`zbek tajribasi”ni AQShdagi o`quv kurs davomida keng namoyish qilish masalasi yuzasidan atroflicha fikrlar almashinildi.


    Boshqa yangiliklar