AsosiyJamiyat

Nukusdagi sayyor qabulda harbiy sohaga oid muammolari hal etildi

'Nukusdagi sayyor qabulda harbiy sohaga oid muammolari hal etildi'ning rasmi

Kecha, 10 may kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahrida harbiy xizmat masalalari yuzasidan sayyor qabul o`tkazildi.

Unda O`zbekiston Prezidentining Qoraqalpog`iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi mudiri Halimboy Xoshimov, Shimoli-g`arbiy harbiy okrug qo`shinlari qo`mondoni polkovnik Dilshod Choriev, Nukus harbiy prokurori Bahodir Xudoyberdiev hamda shahar hokimligi vakillari ishtirok etdi.

O`tkazilgan sayyor qabulda 200 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etib, o`zlarining harbiy sohaga oid muammolari bilan murojaat qildi.

Barcha murojaatchilarning shikoyat va muammolari kun davomida batafsil o`rganilib, 112 nafarining harbiy masalalar bo`yicha murojaatlari ijobiy hal etildi.

Ta`kidlash joizki, navbatdagi sayyor qabul 14 may kuni Nukus tumanida o`tkaziladi. 28 iyun kuniga qadar esa Qoraqalpog`iston Respublikasining barcha tumanlarida reja asosida sayyor qabullar o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar