AsosiyJamiyat

​Bog`chada bolalar umumiy sonining 15 foizi doirasida kam ta`minlangan oilalar farzandlari to`lovdan ozod qilinadi.

'​Bog`chada bolalar umumiy sonining 15 foizi doirasida kam ta`minlangan oilalar farzandlari to`lovdan ozod qilinadi.'ning rasmi

Bunda birinchi navbatda ota-onalaridan biri yoki ikkalasi I yoxud II guruh nogironi bo`lgan kam ta`minlangan oila farzandlariga, shuningdek o`rtacha oylik jami daromadi eng past darajada bo`lgan kam ta`minlangan oila farzandlariga imtiyoz beriladi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar bermoqda.

To`lovdan ozod qilinadigan kam ta`minlangan oila farzandlari ro`yxati mahalla tomonidan berilgan oilaning mulkiy ahvoli to`g`risida ma`lumotnomaga va tegishli bog`cha ota-onalar qo`mitasining xulosasiga asosan aniqlanadi va shakllantiriladi.

To`lovdan ozod qilinadigan kam ta`minlangan oila farzandlari ro`yxati har o`quv yilining 25 sentyabr kuniga qadar tasdiqlanadi.

Ro`yxatiga kirmay qolgan, shuningdek yil davomida aniqlangan kam ta`minlangan oilalar farzandlari hisobidan zaxira shakllantiriladi.

To`lovdan ozod qilingan bolalarning bog`chaga qatnashi to`xtatilishi natijasida bo`shab qolgan o`rinlar mazkur zaxiradan to`ldirib boriladi.

    Boshqa yangiliklar