AsosiyJamiyat

Poezdda tuzilgan reja amalga oshmadi

'Poezdda tuzilgan reja amalga oshmadi'ning rasmi

Bojxona xodimlari sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa tovar moddiy boyliklarining bojxona chegaralaridan noqonuniy olib o`tilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarliklarni fosh qilishdi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi, “Keles” temir yo`l chegara bojxona posti xodimlari “Ufa-Toshkent” yo`nalishida kirib kelgan poezd yo`lovchilarining yuklarini bojxona ko`rigidan o`tkazish davomida fuqaro K.Sh. 26 to`plam tibbiy uskunalar, 100 quti tamaki mahsulotlari va og`irligi 1,3 kilogrammdan ko`proq 260 dona oq metalldan yasalgan turli taqinchoqlarni bojxona nazoratidan yashirib olib kelayotganligi ma`lum bo`ldi. Olingan ashyoviy dalillarning umumiy qiymati salkam 85 million so`mni tashkil etdi.

Mazkur poezdda mamlakatimizga kirib kelayotgan yana bir fuqaro X.F. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi. Natijada ushbu shaxs umumiy qiymati 2,5 million so`mlik 11 litr alkogol mahsulotlarini bojxona nazoratiga ma`lum qilmasdan olib kirishga uringanligi aniqlandi.

Shuningdek,“Almata-Nukus” yo`nalishida kirib kelgan poezd yo`lovchilaridan fuqarolar S.T. va T.O. tomonidan bojxona deklarasiyasida ko`rsatmasdan umumiy qiymati 20,6 million so`mlik 41 dona telefon, 190 dona kiyim-kechak, sifati kafolatlanmagan kosmetika vositalari va xo`jalik mollarini olib kelayotganida to`xtatib qolindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar bo`yicha tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar