AsosiyJamiyat

Bojxona to`lovlaridan qochishga urinish naf bermadi

'Bojxona to`lovlaridan qochishga urinish naf bermadi'ning rasmi

Bojxonachilar tomonidan tovar-moddiy boyliklarni bojxona chegaralaridan noqonuniy olib o`tilishiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.

Jumladan, “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan “Seul-Toshkent” yo`nalishi bo`yicha uchib kelgan fuqarolar I.A. va O.A.lar belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi.

Natijada, ushbu shaxslarning yuklari orasidan deklarasiyada ko`rsatilmaganva bojxona xodimlarining og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan umumiy qiymati 37 million so`mlik 150 dona sifati kafolatlanmagan ayollar kosmetika vositalari, 600 dona avtomashina yoritgichlari, 68 dona qo`l telefoni, 7 dona planshet va 17 dona noutbuk va boshqa tovarlar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar