Londonning Ilford hududidagi masjid yonida otishma ro`y berdi, deb xabar bermoqda Tsn.ua nashri.
Bir noma`lum shaxs “Etti podsho” masjidida taqvodorlar ibodat uchun yig`ilgan payt to`pponchadan o`q uzadi. O`sha zahoti voqea joyiga polisiya etib kelib, binoni o`rab oladi. Ammo jinoyatchi qochishga ulguradi.
Hozirda polisiya o`q uzgan kishini qidirmoqda. Bu otishma terakt sifatida baholanganicha yo`q.






